Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Turkiyada qo‘llari stulga kishanlangan ayol o‘lik holda topildi

Turkiyada qo‘llari stulga kishanlangan ayol o‘lik holda topildi

Foto: «Milliyet»

Turkiyaning Mugla viloyati Bodrum shahrida 25 yoshli Ukraina fuqarosi o‘lik holda topildi. Bu haqda «Milliyet» nashri xabar berdi.

Gazetaning yozishicha, jasad 2-yanvar kuni ayol ijaraga olgan villadan topilgan. Shu bilan birga, ukrainalik ayol stulga kishanlangan bo‘lgan. Qayd etilishicha, murda topilishidan bir necha kun oldin ayolning joni uzilgan bo‘lgan.

Politsiyaning aniqlashicha, ukrainalik ayol 31-dekabr kuni taomga buyurtma bergan va shundan so‘ng uydan chiqmagan. Qizi bilan bog‘lana olmagach onasi Turkiyaning huquq-tartibot idoralariga murojaat qildi.

Hozirgi vaqtda ayol o‘limining asosiy sababi o‘z joniga qasd qilish hisoblanmoqda. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, villadagi uchta eshik ham ichkaridan qulflangan, uyning derazalariga esa temir panjaralar o‘rnatilgan. Shu sababli u yerga tashqaridan kirishning iloji yo‘q. Ustiga-ustak, hodisa sodir bo‘lgan joyda topilgan dalillarga ko‘ra marhum o‘z joniga qasd qilgan bo‘lishi mumkin.

«Milliyet» nashrining yozishicha, ayol uzoq vaqt davomida kuchli bosh og‘rig‘idan qiynalgan va davolanish uchun tez-tez Ukrainaga borib turgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring