Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tver yaqinida nemis askarining maktubi topildi: «Uzil-kesil g‘alabaga, shubhasiz, yaqin qoldik...»

Tver yaqinida nemis askarining maktubi topildi: «Uzil-kesil g‘alabaga, shubhasiz, yaqin qoldik...»

Foto: «tverlife.ru»

Tver viloyati Emmaus qishlog‘ida eski uylardan birida 1943-yil sentyabrda yozilgan nemis askarining maktubi topildi, deya xabar berdi «Tverlayf» jurnali.

Mutaxassis Sergey Bauerning fikricha, bu askarning turmush o‘rtog‘iga yozgan shaxsiy maktubidir.

«Vaqt yanada dahshatli tus olmoqda. Bir dahshatdan ikkinchisiga. Choshgohda bugungi hujum to‘g‘risida hisobot oldim. Lekin tafsilotlarga to‘xtalmayman. Faqat mashinalarning soni va vaqtini bildim xolos», — deyiladi maktubda.

Maktub matniga ko‘ra, nemis harbiylari SSSR ustidan g‘alaba qozonishlariga umuman shubha qilishmagan.

«Uzil-kesil g‘alabaga, shubhasiz, yaqin qoldik», — deb yozgan askar.

Ikkinchi jahon urushi davrida Emmaus qishlog‘ida Kalininni (hozirgi Tver) ozod qilish uchun shafqatsiz janglar olib borilgan.

Tver viloyati Emmaus qishlog‘idagi eski uylardan birida topilgan 1943-yilgi maktub.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring