Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Eng yosh bosh vazirlardan biri iste’foga chiqdi

Eng yosh bosh vazirlardan biri iste’foga chiqdi

Foto: «Reuters»

Ukraina hukumati rahbari — bosh vazir Aleksey Goncharuk iste’foga chiqish haqida ariza yozdi. Bu haqda TASS xabar berdi.

«Parlament Goncharukning iste’foga chiqish to‘g‘risidagi arizasini qabul qildi», — dedi parlament spikeri Dmitriy Razumkov.

Shu yig‘ilishda qatnashgan deputat Oleksandr Kachuraning aytishicha, prezident Vladimir Zelenskiy hukumatni boshqarish uchun bosh vazir o‘rinbosari Denis Shmigal nomzodini taqdim etgan.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning yanvar oyida prezident Zelenskiy Goncharukning  iste’foga chiqish to‘g‘risidagi arizasini qabul qilmagandi.

Ma’lumot uchun: 34 yoshli Sanna Marin Finlyandiyaga bosh vazir bo‘lgunga qadar, Aleksey Goncharuk (1984-yili tug‘ilgan) dunyodagi eng yosh bosh vazir edi — 2019-yili 35 yoshidan hukumatni boshqarishga kirishgan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring