Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ukraina samolyoti ikkita raketada urib tushirilgan

Ukraina samolyoti ikkita raketada urib tushirilgan

Foto: «Reuters»

Eronning fuqaro aviatsiyasi tashkiloti Ukrainaning Tehron yaqinida halokatga uchragan «Boeing 737-800» samolyoti to‘g‘risida ikkinchi hisobotini taqdim etdi. Bu hujjatga ko‘ra, samolyot «yer-havo» toifasidagi kichik radiusli «Tor-M1» zenit-raketa kompleksining ikkita raketasida urib tushirilgan.

Raketalar yo‘lovchi havo layneri tomon shimol yo‘nalishidan uchirilgan. Raketa zarbasidan so‘ng samolyot balandlikni tez yo‘qotishini boshlagan va yerga qulashidan avval istirohat bog‘idagi to‘siqlarga urilgan. Yerga tushganidan so‘ng futbol maydonini kesib o‘tib, butunlay parchalanib, yonib ketgan.

«Boeing» 2,4 kilometr balandlikka chiqqanida aloqa uzilib qolgandi. Mehrobod aeroporti birlamchi kuzatuv radarlari axborotiga ko‘ra, mahalliy vaqt bilan soat 6:15 da samolyot kursidan og‘ib, o‘ngga burilib ketgan va aeroport tomon uch daqiqa davomida uchgani ehtimolda tutilyapti, shundan so‘ng soat 6:18 ga yaqin radarlardan yo‘qolib qolgan.

Eslatib o‘tamiz, Tehronda 8-yanvar kuni Ukraina samolyoti halokatga uchrashi oqibatida 176 inson halok bo‘lgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring