Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ukrainalik yosh futbolchi urushda halok bo‘ldi

Ukrainalik yosh futbolchi urushda halok bo‘ldi

Rossiya bilan urushda ukrainalik yosh futbolchi Nikolay Jidkov vafot etdi. U 2022 yil noyabr oyi boshida Polshadagi jamoasini tark etib, Ukraina Qurolli Kuchlari safiga qo‘shilgan edi.

Fojiali xabarni 22 yoshli ukrainalik o‘ynagan Polshaning «Vengjanka» klubi Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.

«Biz juda qayg‘uli xabar oldik. Urushda klub futbolchisi halok bo‘ldi, u o‘tgan yilning kuzida oilasi, do‘stlari va vatanini Rossiya tajovuzidan himoya qilish uchun Ukrainaga qaytgandi. Nikolay Jidkov juda yoqimli, xushmuomala yigit edi.

Maydonda u jamoasining g‘alabasi uchun so‘nggi nafasigacha kurashardi, o‘z yurti ozodligi uchun esa, yosh jonini ham qurbon qildi. Biz seni hech qachon unutmaymiz», — deyiladi klub bayonotida.

Jidkov 2018 yilda Polshaga ko‘chib o‘tgan va 2020 yildan 2022 yilgacha mahalliy chempionatning quyi ligasi klubida o‘ynagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring