Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

To‘ydagi baxtsiz hodisa tufayli 12 kishi halok bo‘ldi

To‘ydagi baxtsiz hodisa tufayli 12 kishi halok bo‘ldi

Foto: «Global Look Press»

Hindistonning Rajastan shtatida to‘y marosimi o‘tkazilayotgan joyga yuk mashinasining bostirib kirishi natijasida 12 kishi halok bo‘ldi, 22 kishi jarohatlandi, deb xabar bermoqda «Times of India».

Ma’lum qilinishicha, fojia Pratapgarx okrugida, Jaypur shahridan 400 km masofadagi shosseda sodir bo‘lgan. Halokatdan so‘ng yuk mashinasi haydovchisi voqea joyidan qochib ketgan.

Jarohatlanganlar orasida bolalar ham bor. Jabrlanganlarning ahvoli og‘ir, deya baholanmoqda. Shu sababli shifokorlar qurbonlar soni oshishidan xavotirda.

Ayni damda voqea bo‘yicha tergov-surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda, halokatning baxtsiz hodisa ekani yoki qasddan uyushtirilganiga aniqlik kiritilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring