Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xitoyda maktab o‘quvchilariga to‘la avtobus suv omboriga tushib ketdi: 21 kishi halok bo‘ldi

Xitoyda maktab o‘quvchilariga to‘la avtobus suv omboriga tushib ketdi: 21 kishi halok bo‘ldi

Foto: «REUTERS/China Daily»

Xitoyning janubi-g‘arbiy Guychjou provinsiyasida jamoat avtobusi suv omboriga tushib ketishi oqibatida 21 kishi halok bo‘ldi, 15 kishi jarohatlangan, deya xabar berdi Xitoy Markaziy televideniyesi.

Avvalroq 16 kishi hayotdan ko‘z yumgani xabar berilgandi.

Hodisa bugun, ya’ni 7-iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 8:45 da sodir bo‘lgan. Anshun shahrida maktab o‘quvchilarini olib ketayotgan avtobus noma’lum sabablarga ko‘ra yonga ag‘darilib ketgan, yo‘lning bir tomonidagi to‘siqlarni sindirib, suv omboriga tushib ketgan. Qutqaruvchilar avtobusni suvdan chiqarib olishga muvaffaq bo‘lishdi.

Halokat sababi hali ma’lum emas. Suv omborida qidiruv-qutqaruv operatsiyasi davom ettirilmoqda, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring