Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Venada xasta o‘qituvchi tufayli maktabni xavfsiz joyga ko‘chirishdi

Venada xasta o‘qituvchi tufayli maktabni xavfsiz joyga ko‘chirishdi

Foto: «Liveinternet.ru»

Bugun, ya’ni 26-fevral kuni Avstriya poytaxti Vena shahrida o‘qituvchi ayolda koronavirus borligi gumon qilinib maktabni xavfsiz joyga ko‘chirishdi, deb xabar berdi «OE24» telekanali.

Ma’lum qilinishicha, Yozefshtadt tumanida joylashgan gimnaziya xavfli joydan ko‘chirilgan. Ma’lumki, o‘qituvchi ayol yaqinda Italiyada bo‘lib qaytgan: u koronavirusni yuqtirgan bo‘lishi gumon qilinmoqda.

Seshanba kuni Avstriyada dastlabki ikkita koronavirusni yuqtirish holati tasdiqlandi. Gap Insbrukda (Tirol federal yeri) istiqomat qiluvchi italiyalik er-xotin haqida bormoqda: ular ham yaqinda vatanida ta’tilda bo‘lib qaytishgandi. Ularning hayotiga hech nima xavf solmayapti. Avstriya kansleri Sebastyan Kursning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat koronavirus tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun barcha choralarni ko‘rmoqda.

Chorshanbaga o‘tar kechasi Bad Klyaynkirxxaym (Karintiy federal yeri) shahrida 56 yoshli italiyalik ayol kvartirasida hayotdan ko‘z yumgan. Telekanal xabariga ko‘ra, u Italiyaning Friuli-Venetsiya-Juliya hududida ta’tilda bo‘lib, juma kuni Karintiyga qaytib kelgan. Tez yordam shifokorining fikricha, u koronavirusni yuqtirgan bo‘lishi ehtimoldan xoli emas. Tibbiy tekshiruv natijalari bir kun davomida ma’lum bo‘ladi.

Shunga qaramay, ehtiyot choralari ko‘rilgan: italiyalik ayol yashagan turar-joy kompleksining atrofi o‘rab olindi, shu yerda yashovchi aholiga binodan chiqish taqiqlab qo‘yildi. Shuningdek, ular tibbiy tekshiruvdan o‘tmoqda. Avstriya va Italiya hukumatlari ayol o‘limidan oldin kimlar bilan muloqotda bo‘lganini aniqlashga urinmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring