Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Vulqon 500 metr lavali favvorani hosil qildi

Vulqon 500 metr lavali favvorani hosil qildi

Foto: «Trn-news.ru»

Filippinda Taal vulqoni faolligi tingani yo‘q. Oxirgi kunlarda lavasini 500 metr balandlikka irg‘itib, qariyb ikki ming metrlik kul ustunini hosil qildi, deb xabar berdi «Rappler» portali Filippin vulkanologiya va seysmologiya instituti (Phivolcs) ma’lumotiga tayanib.

«So‘nggi 24 soat ichida Taal vulqoni faolligi yanada kuchaydi, — deyiladi institut ma’lumotnomasida. — Tinimsiz vulqon otilishi balandligi 500 metrga yetadigan lavali favvorani hosil qildi. Uning tepasida balandligi qariyb ikki ming metrga yetadigan to‘q kulrang tutunli ustun hosil bo‘ldi. Kul asosiy kraterdan g‘arbga va janubi-g‘arbga tarqalmoqda».

Yakshanba kuni Taal vulqoni bir kilometr balandlikka kul otgandi. Filippin vulkanologiya va seysmologiya instituti (Phivolcs) shuni hisobga olib, xavf darajasini besh balli shkalada to‘rtinchi darajaga ko‘tardi va vulqonga yaqin hududdan to‘liq evakuatsiya qilishni tavsiya etdi. Vulqon otilishi xavfi tufayli Filippin hukumati aholisi 80 ming kishidan iborat Batangas provinsiyasida uchta aholi punktini evakuatsiya qilishga kirishgan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring