Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoy aholisi 1,4 milliarddan oshdi: ayollar ko‘pmi yoki erkaklar?

Xitoy aholisi 1,4 milliarddan oshdi: ayollar ko‘pmi yoki erkaklar?

Foto: «AP Photo»

Xitoy aholisi Gonkong, Makao va Tayvan maxsus ma’muriy hududlarni hisobga olmaganda 2019-yil oxiriga kelib 4,67 million kishiga ko‘payib, 1,4 milliarddan oshib ketdi, deya ma’lum qildi XXR davlat statistika byurosi.

«RIA Novosti»ning yozishicha, 2018-yilda Xitoy aholisi 5,3 million kishiga ko‘paygandi.

2019-yilda mamlakatda 14,65 millionta yangi tug‘ilgan chaqaloq qayd etildi, tug‘ilish koeffitsiyenti esa ming kishiga 10,48 tani tashkil etdi. O‘tgan yili Xitoyda 9,98 million kishi hayotdan ko‘z yumdi. O‘lim koeffitsiyenti esa ming kishiga 7,14 tani tashkil etdi. Aholining tabiiy o‘sishi ming kishiga 3,34 ta to‘g‘ri keldi. Xitoyda erkaklar soni — 715,27 million, ayollar soni — 684,78 million kishidan iborat. Umumiy aholi soni 1 milliard 400 million 50 ming kishiga yetdi.

16 yoshdan 59 yoshgacha bo‘lgan mehnatga yaroqli umumiy aholi soni 2018-yilda 897,29 milliondan 896,4 million kishiga kamaydi. Bu umumiy aholining qariyb 64 foizini tashkil etadi. 2018-yilda bu ko‘rsatkich 64,3 foizni tashkil etgan.

2018-yilning oxirida Xitoyda 60 yoshdan oshgan 253,88 million kishi qayd etilgan. Bu umumiy aholining 18,1 foizi degani. 65 yoshdan oshganlar soni 176,03 milliontagacha ko‘paydi (2018-yilda 166,58 millionta bo‘lgan). Bu mamlakat jami aholisining 12,6 foizini tashkil etadi.

Shahar aholisi bir yil ichida 17,06 million kishiga ko‘payib, 848,43 million kishiga yetdi. Qishloq aholisi esa 12,39 millionga qisqarib, 551,62 milliontani tashkil etdi. Shahar aholisi 59,58 foizdan 60,6 foizga ko‘paygan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring