Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Xitoy virusi»dan yana bir kishi vafot etdi

«Xitoy virusi»dan yana bir kishi vafot etdi

Xitoyning Uxan shahrida uchinchi odam yangi turdagi koronavirusdan vafot etdi. Bu haqda shahar sog‘liqni saqlash qo‘mitasi xabar berib o‘tgan.

Ayni vaqtda Uxan shahrida 198 kishi ushbu virus bilan kasallangani aniqlangan. Ulardan 35 kishi og‘ir holatda va yana 9 bemor o‘ta og‘ir holatda bo‘lib turibdi. Qolgan kasallarning ahvoli barqaror ekani xabar qilingan.

Eslatib o‘tamiz, yaqindan boshlab Xitoyda yangi turdagi virus tarqala boshladi. Yanvar oyida London imperiya kollejining yuqumli kasalliklarni global tahlil qilish markazi olimlari bu virus bilan ehtimoliy tarzda 1500dan oshiq odam kasallanishi mumkinligini aytgan edi. Mutaxassislar hisob-kitobiga ko‘ra esa bugunga qadar 1.7 ming kishi kasallangan bo‘lishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring