Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xitoyda giyohvand moddalar bilan shug‘ullangan xorij fuqarosi o‘lim jazosiga hukm qilindi

Xitoyda giyohvand moddalar bilan shug‘ullangan xorij fuqarosi o‘lim jazosiga hukm qilindi

Foto: «News.yahoo.com»

Xitoy janubidagi Guandun provinsiyasi Foshan shahridagi o‘rta xalq sudi giyohvand moddalarni ishlab chiqargani hamda tashigani uchun Kanada fuqarosi Ye Szyanxueyni qatl etishga qaror qildi. Bu haqda «Reuters» xabar bergan.

Bir kun avval Guanchjou shahrida giyohvand moddalar ishlab chiqargani uchun yana bir kanadalik Syuy Veyxun oliy jazoga mahkum qilingandi. Bundan tashqari, XXR fuqarosi Ven Guansyun umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi.

Xitoy qonunchiligiga ko‘ra, hatto, 50 grammdan ortiq geroin ishlab chiqarganlik va savdo qilganlik uchun ham o‘lim jazosi tayinlanishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring