Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoyning davlat qarzi rekord darajani qayd etdi

Xitoyning davlat qarzi rekord darajani qayd etdi

Xitoy markaziy hukumatining davlat qarzi 2023-yil oxirida rekord darajadagi 4,2 trillion dollarga yetdi, yil davomida deyarli 12 foizga o‘sdi.

Bu haqda Butunxitoy xalq vakillari kengashi ochilish sessiyasida taqdim etilgan hisobotga tayanib, «RIA Novosti» yozmoqda.

Markaziy hukumat qarzi 30,03 trillion yuanni (4,244 trillion dollar) yoki mamlakat yalpi ichki mahsulotining chorak qismini tashkil qildi. Xitoyning davlat qarzi kamida 2005 yildan beri o‘sib bormoqda, o‘sha paytda u taxminan 400 milliard dollarni tashkil qilgan.

Mahalliy hokimiyatning umumiy qarzi 40,737 trillion yuan (5,756 trillion dollar), jumladan, 15,869 trillion yuan (2,24 trillion dollar) oddiy qarz va 24,869 trillion yuan (3,5 trillion dollar) maqsadli qarzga yetdi.

Avvalroq Xalqaro moliya instituti global qarz misli ko‘rilmagan miqdorda oshganini ma’lum qilgandi. 2023-yilning birinchi yarmida global qarz 10 trillion dollarga, so‘nggi o‘n yil ichida esa 100 trillion dollarga o‘sgan. Jahon qarzining jahon yalpi ichki mahsulotiga nisbati ikkinchi chorakda 336 foizga ko‘tarildi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring