Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yaman aeroportida kuchli portlash sodir bo‘ldi (video)

Yaman aeroportida kuchli portlash sodir bo‘ldi (video)

Foto: «Youtube.com»

Yamandagi Adan aeroportining uchib keluvchilar zalida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Voqea joyidan olingan kadrlar chorshanba, 30-dekabr kuni «Al Hadath» telekanali tomonidan e’lon qilindi.

Qayd etilishicha, bu yangi hukumat kelishi paytida yuz bergan. Portlashdan tashqari, guvohlar otishma tovushlarini ham eshitishgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Yaman hukumati a’zolari jabrlanmagan. Ayni paytda 5 kishi halok bo‘lgani, 20 kishi jarohatlangani aytilmoqda.

Yangi hukumat a’zolari 30-dekabr kuni Ar-Riyoddan yetib kelishdi. Ular 2015-yilgi qurolli mojarodan so‘ng qatl etishdan qo‘rqib Saudiya Arabistoniga ketgan Prezident Abdu Rabbu Mansur Xadiga qasamyod qildilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring