Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Yamandagi ahvolga chidab bo‘lmaydi!»

«Yamandagi ahvolga chidab bo‘lmaydi!»

Foto:«IFP News»

Butun dunyo sog‘liqni saqlash tashkiloti o‘zining «Twitter» sahifasida Yamandagi  ahvolni «chidab bo‘lmas darajada» deya baholadi.  Yamandagidek gumanitar inqiroz dunyoning boshqa nuqtasida yo‘q, deydi xalqaro tashkilot.

Ayni paytda xarobaga aylanayozgan ushbu davlatning 80 foiz (!) aholisi favqulodda yordamga muhtoj. Keyingi bir yilning o‘zida  insonparvarlik ko‘magiga muhtojlar soni 10 foizga ortgan. Bu  30 million atrofidagi aholining 25  millionga yaqini tasavvur qilib bo‘lmas darajada tang ahvolda ekanini anglatadi.

Alqissa, salkam besh yildan buyon ushbu mamlakatda davom etib kelayotgan  Xusiylar va Saudiya Arabistoni boshchiligidagi arab koalitsiyasi o‘rtasidagi urush   oddiy aholini shu ahvolga olib keldi. Nizoning oxiri esa ko‘rinmayotir...

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring