Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yana bir davlat Guaydoni Venesuela prezidenti deb tan oldi

Yana bir davlat Guaydoni Venesuela prezidenti deb tan oldi

Foto: «Korrespondent.net»

Avstraliya Venesuela muholifati rahbari Xuan Guaydoni saylovgacha mamlakatning vaqtinchalik prezidenti deb tan oldi. Bu haqda Avstraliya Tashqi ishlar vaziri Meris Peyn ma’lum qilgan.

«Avstraliya Milliy assambleya raisi Xuan Guaydoni saylovlar o‘tkazilguncha Venesuela konstitutsiyasiga muvofiq tan oladi va qo‘llab quvvatlaydi», - deyiladi xabarda.

Avstraliya hukumati barcha tomonlarni mojaroni tinch yo‘l bilan hal etish ustida ishlashga, jumladan «demokratiyaga qaytish, qonun ustuvorligini hurmat qilish va Venesuela xalqi huquqlarini himoya qilishga» chaqirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Avstraliyadan avval Guaydoni prezident sifatida Isroil ham tan olgan edi.

Fransiya va Ispaniya rahbarlari esa Nikolas Maduroga prezidentlik saylovi to‘g‘risida e’lon qilish uchun 8 kunlik muddat bergan. Aks holda, ular ham Xuan Guaydoni prezident deb e’lon qiladi.

Maduro esa Guaydo mamlakat konstitutsiyasini buzganligini ta’kidlab, xalqaro ultimatumni inkor qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring