Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiya urushlarda boshqa hech qachon qatnashmaydi — Abening qasami

Yaponiya urushlarda boshqa hech qachon qatnashmaydi — Abening qasami

Foto: «RIA Novosti»

Yaponiya urushlarda boshqa hech qachon qatnashmaydi — bu haqda mamlakat bosh vaziri Sindzo Abe bayonot berdi, deyiladi TASS xabarida.

Bugun Ikkinchi jahon urushidagi kapitulyasiyaning 75 yilligiga bag‘ishlangan marosimda qatnashgan Abe Yaponiya urushlarga qaytmaslik qasamiga sodiqligini yana bir bor ta’kidladi.

Marosim bo‘lib o‘tgan «Nippon budokan» zalida shahidlar xotirasiga bir daqiqa sukut saqlanganidan so‘ng Yaponiya imperatori Naruxito millatga murojaat qildi. U yapon xalqi jipslikda koronavirus pandemiyasi va uning asoratlarini yengib o‘tishiga ishonch bildirdi.

O‘z navbatida, imperator ham o‘tmishning qora kunlari qaytib kelmasligini tiladi.

Koronavirus pandemiyasi sababli Yaponiyada, xususan, Tokioda, xotirlash marosimlari bu yil kamtarona o‘tmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring