Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiya yukxonada qochayotgan rahbarlarga qarshi chora ko‘rdi

Yaponiya yukxonada qochayotgan rahbarlarga qarshi chora ko‘rdi

Foto: «Pix-feed.com»

Yaponiya «Nissan» avtokonserni sobiq rahbari Karlos Gonning chet elga maxfiy olib chiqilishi munosabati bilan mamlakatning to‘rtta yirik xalqaro aeroportida katta hajmdagi yuklarni majburiy tekshirishni joriy qildi.

«RIA Novosti»ningi yozishicha, bu haqda yer, infratuzilma, transport va turizm vaziri Kadzuyosi Akaba xabar bergan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, qaror 6-yanvar kuni kuchga kirgan. U Tokioning Xaneda va Narita aeroportlarida, Tyubu aeroportida hamda Osakadagi Kansay xalqaro aeroportida joriy qilindi. Taxminlarga ko‘ra, Karlos Gon Yangi yil arafasida xususiy samolyotda ikki nafar AQSh fuqarosi tomonidan maxfiy ravishda olib chiqib ketilgan.

«Nissan» sobiq rahbari va uning «o‘ng qo‘li» Greg Kelli 2018-yil 19-noyabrda hibsga olingan. Gon hamma daromadlarni ham deklaratsiya qilmagani, Kelli esa unga yordam berganlikda gumon qilinmoqda.

O‘tgan yil bahorda Gonning advokatlari 1,5 milliard iyen (chamasi 14 million dollar) miqdorida garov puli qo‘yishadi. Shundan so‘ng mamlakatni tark etmaslik sharti bilan uni qo‘yib yuborishadi. 2020-yil bahorda o‘tkazilishi rejalashtirayotgan sudgacha u mamlakatdan chiqib ketish huquqidan mahrum qilingandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring