Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiyadagi kuchli zilzila tafsilotlari

Yaponiyadagi kuchli zilzila tafsilotlari

Foto: «Fbm.ru»

Yaponiyaning shimoli-sharqidagi kuchli zilzila oqibatida jabrlanganlar soni 150 kishiga yetdi, deya xabar berdi «Kiodo» agentligi.

9 prefekturada, shu jumladan, Fukusima, Miyagi, Totigi, Ibaraki va boshqalarda jabrlanganlar to‘g‘risida ma’lumotlar to‘plandi. Turli darajada jarohat olganlarning eng ko‘p soni Fukusima prefekturasida qayd etilgan — u yerda kamida 78 kishi jarohat olgan. Miyagi prefekturasida kamida 55 kishi jarohat oldi.

Qurbonlar haqida hali ma’lumot yo‘q.

Yaponiyaning shimoli-sharqida Tinch okeanining Fukusima prefekturasi hududida 23:08 da 7,3 balli zilzila sodir bo‘ldi. O‘choq 55 kilometr chuqurlikda joylashgan. Fukusima va Miyagi prefekturasida maksimal silkinish yetti balli yapon shkalasi bo‘yicha 6+ ni tashkil etdi. Zilzila Tokioda ham sezilgan, poytaxt markazida zilzila kuchi taxminan 4 ballni tashkil etgan.

Yakshanba kuni kunduzi Fukusima prefekturasi hududida 5,2 balli aftershok qayd etildi.

Ushbu hududdagi atom elektr stansiyalarida favqulodda holat yoki radiatsiya chiqishi aniqlanmagan. Hukumatning ma’lum qilishicha, Tokio joylashgan Kanto hududida, poytaxtning o‘zi va Toxoku hududidan tashqari qariyb 1 million uy elektrsiz qolgan. Yakshanba kuni tushdan keyin aksariyat hududlarda elektr ta’minoti deyarli to‘liq tiklandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring