Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yuz kishining qotili muddatidan avval qamoqdan chiqarildi — Italiya 

Yuz kishining qotili muddatidan avval qamoqdan chiqarildi — Italiya 

Jovanni Bruska, 1996-yil.

Foto: CNN

Sitsiliyaning «Koza Nostra» mafiyasi a’zosi, 25 yilni qamoqda o‘tkazgan Jovanni Bruska muddatidan avval ozod etildi. Bu haqda CNN xabar berdi.

«Kallakesar» laqabi bilan tanilgan Bruska yuzdan ziyod insonning, jumladan, tanasi kislotada eritib yuborilgan 14 yoshli bolaning o‘limiga daxldorligiga iqror bo‘lgandi.

1996-yili hibsga olingan Javanni Bruska bir umrga ozodlikdan mahrum etilgandi, shundan 26 yilini u mafiyaga qarshi kurashgan sudya Jovanni Falkone o‘limiga sabab bo‘lgan portlatish uchun olgandi.

Ashaddiy jinoyatchini 31-may kuni, to‘rt yillik sinov muddati bilan, ozodlikka qo‘yib yuborishdi. Bu imtiyoz jinoyatchining tergov bilan hamkorlik qilganligi bilan izohlanmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring