Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Financial Times Zelenskiyni yil kishisi deb e’lon qildi

Financial Times Zelenskiyni yil kishisi deb e’lon qildi

Foto: UP

Britaniyaning Financial Times gazetasi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni yil kishisi deb e’lon qildi. Zelenskiy haqidagi maxsus maqola nashr saytida joylashtirildi.

Nashr qayd etishicha, Rossiyaning Ukrainaga harbiy xurujiga qadar aksariyat ukrainaliklar Zelenskiyni o‘ta mas’uliyatli vazifani uddalashga layoqatsiz, havaskor, deb hisoblashgan.

«Biroq 44 yoshli siyosatchi yetakchilik qobiliyati va qat’iyatini namoyon etib, tarixdan o‘rin oldi», — e’tirof etdi Financial Times.

Nashr jurnalistlari nega aynan uni tanlashdi? Zelenskiy, ularning nazarida, liberal demokratizm va avtoritarizm o‘rtasidagi global qarama-qarshilik ramziga aylandi.

Gazeta Zelenskiyni Buyuk Britaniya hukumatini urush yillari (1940–1945) va undan so‘ng (1951–1955) boshqargan Uinston Cherchill bilan qiyosladi.

AQShda chiqadigan «Time» jurnali ham Zelenskiyni «Yil kishisi» deb e’lon qilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring