Oyligim qayerga ketyapti?
Maoshim tushganidan bir necha kun o‘tib, bank kartamdagi mablag‘ sezilarli darajada kamayganini payqadim. Avvaliga unchalik e’tibor bermadim. Balki onam biror zarur narsa uchun kartamdan foydalangandirlar, deb o‘yladim.
Keyingi oy ham xuddi shu holat takrorlandi. Bu safar onamdan so‘radim. Ular esa kartamdan bunchalik katta miqdorda pul yechmaganliklarini aytdilar.
Shunda jiddiy xavotirga tushdim. Bank ilovasidagi operatsiyalarni tekshirdim. Ma’lum bo‘lishicha, mening nomimga ruxsatimsiz kredit rasmiylashtirilgan va uning to‘lovlari oyligim tushishi bilan kartamdan yechib olinayotgan ekan.
Nega men o‘zim yemagan somsaga pul to‘lashim kerak? Buning oldini olishning iloji bormi?
Vaziyatga oydinlik kiritish va bunday holat yana takrorlanmasligi uchun chora ko‘rishga qaror qildim. Darhol huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qildim. Tekshiruvlar natijasida firibgarlik orqali nomimga onlayn kredit rasmiylashtirilgani aniqlandi va men jabrlanuvchi deb e’tirof etildim.
Baxtimga, 2026-yil 22-apreldan kuchga kirgan Markaziy bankning 3759-sonli qaroriga muvofiq, jabrlanuvchi deb topilganim to‘g‘risidagi tegishli qaror bankka yuborilgach, nomimga rasmiylashtirilgan soxta onlayn kredit bo‘yicha foizlar, jarima va penyalarni hisoblash hamda mendan qarzni undirish to‘xtatildi. Bu men uchun katta yengillik bo‘ldi.
Bu voqeadan keyin bir narsani angladim, bunday firibgarlikning qurboni bo‘lmaslik uchun oldindan chora ko‘rish kerak ekan. Shuning uchun my.gov.uz portaliga kirdim. U yerda «Kredit bitimini tuzishga taqiq qo‘yish yoki taqiqni olib tashlash» nomli xizmatdan foydalandim.
Atigi bir daqiqa! Hech qanday hujjat talab qilinmaydi, xizmat bepul. Maxsus tugma orqali kredit bitimi tuzishga taqiqni faollashtirdim. Ma’lumotlarim kredit bitimi tuzishi taqiqlangan shaxslar reyestriga kiritildi. Endi banklar va boshqa kredit tashkilotlari menga yangi kredit rasmiylashtirishdan oldin ushbu reyestrni tekshirishi shart. Eng muhimi, bu imkoniyatdan foydalanish uchun muammo yuz berishini kutish shart emas!
Siz ham hoziroq my.gov.uz portaliga kiring. «Kredit bitimini tuzishga taqiq qo‘yish» xizmatini faollashtiring. Kimdir sizning nomingizga kredit olib qo‘yishini kutmang. Moliyaviy xavfsizligingizni bugundan boshlab o‘z qo‘lingizga oling!
my.gov.uz — bu faqat davlat xizmatlarigina emas, balki siz-u bizning huquqlarimiz va raqamli xavfsizligimizni himoya qiluvchi qalqon hamdir!


Izoh qoldiriş uçun saytda röyxatdan öting
Kiriş
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter