Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Dinamo»ning sobiq futbolchisi vafot etdi

«Dinamo»ning sobiq futbolchisi vafot etdi

2011 yilgi mavsumda Samarqandning «Dinamo» jamoasi sharafini himoya qilgan sobiq futbolchi Sayriddin G‘afforov og‘ir kasallikdan so‘ng vafot etdi.

Sayriddin G‘afforov 1990 yil 29 avgustda O‘zbekistonning Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida tug‘ilgan.  «Sho‘rchi», «Surxon», «Sho‘rtan», «Dinamo», «Andijon» va Tojikiston klublari sharafini himoya qilgan sobiq futbolchining ikkala qo‘li va keyin oyoqlari quvvatsizlana boshlaydi, so‘ng butunlay  qoladi. Bu ham yetmaganidek Sayriddin so‘zlashish imkoniyatini ham yo‘qotib, tildan qoladi.

Sayriddin uzoq davom etgan og‘ir betoblikdan so‘ng 25 avgust kuni 34 yoshida vafot etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring