Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

FVV xonanda Jasur Umirovning hatti-harakatlari bo‘yicha izoh berdi

FVV xonanda Jasur Umirovning hatti-harakatlari bo‘yicha izoh berdi

Foto: FVV

Ayni kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda taniqli xonanda Jasur Umirov kichik yoshdagi bola bilan yuqori tezlikda katerda, qutqaruv nimchasiz harakatlanayotgani aks etgan video tarqaldi.

FVV xonanda Jasur Umirovning ushbu hatti-harakatlari bo‘yicha izoh berdi.

Ushbu shov-shuvli videoni tasvirga olgan xonanda bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi mutaxassislari hamda Ichki ishlar vazirligining Turizm politsiyasi xodimlari profilaktik suhbat o‘tkazdi. Suhbat davomida suv havzalarida bunday xatti-harakatlarning xavfli ekani tushuntirilgan.

Xonandaning o‘zi ushbu videoni tarmoqlardan o‘chirib tashlagani, muxlislari va obunachilariga bunday ehtiyotsiz harakatlarni tavsiya qilmasligini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Chorvoq suv omborida qutqaruv nimchasisiz cho‘kib vafot etgan uch kishi (ota va ikki o‘g‘il)ning jasadi topilgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring