Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Qamchiq»da yuk mashinasi to‘rt avtomobil bilan to‘qnashdi va yonib ketdi

«Qamchiq»da yuk mashinasi to‘rt avtomobil bilan to‘qnashdi va yonib ketdi

Bugun, 2024 yil 27 iyul kuni soat 05:00 larda «Qamchiq»dovoni hududidan o‘tuvchi A-373 avtomobil yo‘lining 247-kilometrida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi.

Haydovchi, 1983 yilda tug‘ilgan A.K. «CAMC» rusumli yuk avtomobilida ehtiyotsizligi sabab o‘zi bilan bir yo‘nalishda oldinda harakatlanib ketayotgan «Isuzu» hamda «Howo» rusumli yuk avtomobillari bilan to‘qnashgan va yo‘lning qarama-qarshi tomoniga chiqib ketib «Mercedes-Benz Sprinter» rusumli avtomobilga borib urilgan.

YTH natijasida «CAMC» rusumli yuk avtomobilida yong‘in yuzaga kelgan.

Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.

Hodisa natijasida «CAMC» avtomobili haydovchisi va 1995 yilda tug‘ilgan yo‘lovchisi B.T. tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Hozirda ushbu YTH yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring