Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda daraxt harakatlanib borayotgan avtomobil ustiga quladi

Toshkentda daraxt harakatlanib borayotgan avtomobil ustiga quladi

Foto: Toshkent FVBB

2 oktyabrga o‘tar kechasi Toshkent shahri Chilonzor tumani Kichik halqa yo‘li ko‘chasida daraxt sinib, harakatlanib borayotgan avtomobil ustiga quladi.

Voqea joyiga zudlik bilan qutqaruv ekipajlari va hamkor xizmatlar jalb etildi. Tezkor choralar natijasida yo‘ldagi to‘siqlar bartaraf etilib, avtomobillar harakati qayta tiklandi.

Hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring