Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

8 oyda 310 mingdan ortiq yengil avtomobil ishlab chiqarildi – statistika

8 oyda 310 mingdan ortiq yengil avtomobil ishlab chiqarildi – statistika

2026-yilning yanvar–avgust oylarida O‘zbekistonda 310 389 ta yengil avtomobil ishlab chiqarildi. Bu 2025-yilning mos davridagi 284 352 taga nisbatan ko‘p.

Eng ko‘p ishlab chiqarilgan modellardan biri Cobalt bo‘lib, uning hajmi 107 141 tani tashkil etgan. 2025-yilning shu davrida 99 013 ta Cobalt ishlab chiqarilgan.

BYD ishlab chiqarish ham sezilarli oshgan — 12 930 tadan 23 850 taga yetgan. Onix ishlab chiqarish 20 241 tadan 23 498 taga, Haval esa 5 303 tadan 6 227 taga ko‘paygan.

Ayrim modellarda pasayish kuzatilgan. Damas ishlab chiqarish 57 882 tadan 55 022 taga tushgan. Shu bilan birga, yangi Chevrolet Damas Move modeli 1 530 dona ishlab chiqarilgan. Tracker ishlab chiqarish ham 29 930 tadan 29 781 taga ozaygan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring