Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda kiyim do‘koniga o‘t ketdi

Toshkentda kiyim do‘koniga o‘t ketdi

Bugun, 25-avgust kuni soat 20:48 da Toshkent shahar Shayxontohur tumani, Zarqaynar ko‘chasida joylashgan do‘konlarning birida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 20:53 da yetib borib, yong‘in soat 21:06 da o‘chirilgan.

Yong‘in natijasida kiyim do‘konining ichki qismi 15 kv.m. maydonda yongan. 

Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q, deyiladi Toshkent shahar FVB xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring