Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bosh prokuratura jurnalist Ramina Yagafarovaning o‘limi yuzasidan bayonot berdi

Bosh prokuratura jurnalist Ramina Yagafarovaning o‘limi yuzasidan bayonot berdi

Bosh prokuratura tomonidan fuqaro Diana Irtuganova (Yagafarova)ning marhuma jurnalist Ramina Yagafarovaning vafot etganligi holati yuzasidan o‘tkazilgan tekshirish natijalaridan norozi ekanligi haqidagi yozma va videomurojaatlari o‘rganilmoqda. 

Ma’lum qilinishicha, 2023 yil 13 sentyabr kuni jurnalist Ramina Yagafarova vafot etganligi holati yuzasidan ommaviy axborot vositalari vakillarining so‘roviga javoban dastabki ma’lumotlar asosida tayyorlangan tezkor rasmiy izoh taqdim etilgan.

Izohda 2023 yil 14 sentyabr kungi dastlabki tibbiy ma’lumotnomaga asoslanib, «marhumaning o‘limi dori-darmonlarga allergik reaksiya (levofloksatsin), miya va o‘pkaning o‘tkir shishishi, o‘tkir nafas va yurak-qon tomir yetishmovchiligi, anafilaktik shok oqibatida yuzaga kelganligi» ko‘rsatilgan.

Sud-tibbiyot ekspertizasining 01.11.2023 yildagi yakuniy xulosasida esa marhuma R.Yagofarovaning o‘limi-yuqori nafas yo‘llarini qusuq massalari bilan berkilishi natijasida mexanik asfiksiya-aspiratsion sindromdan yuz berganligi qayd etilgan.

Chilonzor tumani prokuraturasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshirish natijasiga ko‘ra, marhuma R.Yagafarovaning vafot etganligi holatida jinoiy hodisa yuz bermaganligi sababli, jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad qilish haqida qaror qabul qilingan.

Hozirda Diana Irtuganovaning murojaatlarida keltirilgan vajlar asosida Chilonzor tumani prokuraturasi tomonidan qabul qilingan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad qilish haqidagi qarori nazorat tartibida o‘rganilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring