Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Chustda davlat ijrochilariga qarshilik ko‘rsatgan shaxs ozodlikdan mahrum qilindi

Chustda davlat ijrochilariga qarshilik ko‘rsatgan shaxs ozodlikdan mahrum qilindi

Majburiy ijro byurosi sud va boshqa organlar hujjatlarini ijro etib, davlat va fuqarolar manfaatini ta’minlaydi. Bu esa gohida oson kechmaydi. Ayniqsa, qarzdorliklarni undirish maqsadida borgan davlat ijrochilari faoliyatiga qarshilik ko‘rsatish holatlari ham uchrab turadi.

MIB Namangan viloyat boshqarmasi xabar berishicha, joriy yilning 13 aprel kuni Byuroning Chust tuman bo‘limi davlat ijrochilari J.N. ning xonadoniga fuqaro foydasiga 42,1 mln. so‘m qarzdorlikni undirish maqsadida borishadi. Biroq, qarzdor majburiyatini bajarish o‘rniga, davlat ijrochilari faoliyatiga keskin qarshilik ko‘rsatib, ularni haqoratlaydi. Ustiga- ustak uydan chiqarib yuborish maqsadida janjal ko‘taradi. Davlat ijrochilarining birini yuz qismiga, birini esa ko‘krak qismiga jarohat yetkazadi. Holat bo‘yicha J.N.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 219-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyat ishi qo‘zg‘atiladi.

Yaqinda jinoyat ishlari bo‘yicha Chust tuman sudida mazkur holat ko‘rib chiqildi. Sud jarayonlarida barcha holatlar o‘z isbotini topib, J.N. jinoyat kodeksning tegishli moddasi bilan 3 yil-u, 7 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring