Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shoygu va Gerasimovni hibsga olish uchun order berildi

Shoygu va Gerasimovni hibsga olish uchun order berildi

Xalqaro jinoyat sudi Rossiya sobiq mudofaa vaziri Sergey Shoygu va Bosh shtab rahbari Valeriy Gerasimovni hibsga olishga order berdi. Bu haqda XJS saytida xabar berildi.

Qayd etilishicha, order XJSning ikkinchi sudgacha bo‘lgan palatasi tomonidan «Ukrainadagi 2022-yilning kamida 10-oktyabridan 2023-yilning 9-martigacha bo‘lgan davrda sodir etilgan da’vo qilingan xalqaro jinoyatlar uchun vaziyat kontekstida chiqarilgan».

Ta’kidlash kerakki, 2023-yil mart oyida Xalqaro jinoyat sudi Rossiya prezidenti Vladimir Putin va bolalar ombudsmanı Mariya Lvova-Belovani hibsga olishga order bergan. Tashkilot ularni ukrainalik bolalarni noqonuniy ravishda deportatsiya qilganlikda ayblagan.

Rossiya Xavfsizlik kengashi Sergey Shoyguni hibsga olish haqidagi qarorini «arzimas qaror» deb hisoblashini «Interfaks»ga ma’lum qilgan.

«XJS yurisdiksiyasi Rossiyaga taalluqli emas va G‘arbning mamlakatimizga qarshi gibrid urushining bir qismi sifatida qabul qilingan», - deyiladi Rossiya Xavfsizlik kengashi matbuot xizmati xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring