Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Endilikda ayollarga himoya orderi onlayn tarzda rasmiylashtiriladi

Endilikda ayollarga himoya orderi onlayn tarzda rasmiylashtiriladi

Hukumatning joriy yil 26-avgustdagi 529-son qarori bilan xotin-qizlarga himoya orderini berish tartibi takomillashtirilmoqda.

Hujjat bilan, jumladan, quyidagilar nazarda tutilyapti:

  • tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlarga YaIDXP orqali himoya orderi berish;
  • orderni elektron shaklda berish;
  • himoya orderini berish jarayonini avtomatlashtirish;
  • profilaktika inspektori tomonidan himoya orderini tashabbus tartibida berish.

Belgilanishicha, himoya orderi profilaktika inspektori tomonidan tazyiq, zo‘ravonlik holati yoki ularning yuzaga kelish xavfi aniqlangan paytdan e’tiboran 24 soat ichida beriladi.

YaIDXP orqali himoya orderini rasmiylashtirish va berish to‘lovlarsiz amalga oshiriladi.

Shuningdek, 1-dekabrdan boshlab tazyiq va zo‘ravonlik holatlari aniqlanganda bir kalendar yil davomida ikki va undan ortiq marotaba himoya orderi profilaktika inspektori tomonidan uning tashabbusi bilan beriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring