Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Konstitutsiyaning Brayl alifbosidagi shakli tayyorlandi

Konstitutsiyaning Brayl alifbosidagi shakli tayyorlandi

Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning Brayl alifbosidagi shakli tayyorlandi va nashr qilindi.

Ushbu nashrlar O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyati va boshqa tashkilotlar orqali nogironligi bo‘lgan shaxslarga maqsadli yetkaziladi.

Bundan tashqari, barcha aholining Konstitutsiya normalari bilan qulay shaklda tanishishi uchun Konstitutsiya normalarining audio formati ham tayyorlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring