Raqobat qo‘mitasi «Payme» bo‘yicha bayonot berdi

Onlayn to‘lov tizimlari bozorida «Payme» AJ ustun mavqega ega raqamli platforma operatori deb e’tirof etildi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 1 maydagi 256 sonli qarori 2 ilovasi bilan tasdiqlangan Raqamli platforma operatorining ustun mavqeini va ustun muzokara kuchini e’tirof etish tartibi to‘g‘risidagi Nizomda raqamli platforma operatorining ustun mavqega ega deb e’tirof etishning mezonlari belgilangan.
Ushbu Qarorga muvofiq, Raqobat qo‘mitasining tegishli buyrug‘i bilan onlayn to‘lov tizimlari bozorida «Payme» AJ ustun mavqega ega raqamli platforma operatori deb e’tirof etildi.
«Payme» AJ tomonidan onlayn to‘lov tizimlari bozorida ustun mavqega erishganligi to‘g‘risida Raqobat qo‘mitasiga taqdim etilgan xabarnomasi bunga asos qilib ko‘rsatilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter