Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Termiz xalqaro savdo markazi ochildi (foto)

Termiz xalqaro savdo markazi ochildi (foto)

Bugun, 29 avgust kuni Termiz shahrida “Termiz xalqaro savdo markazi”ning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, Afg‘oniston Bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Abdul G‘ani Barodar, Ozarbayjon Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Shaxin Mustafayev, Qirg‘iz Respublikasi iqtisodiyot va savdo vazirining o‘rinbosari Nazarbek Malayev, Qozog‘iston Respublikasi savdo va integratsiya vazirining o‘rinbosari Qayrat Torebayev va boshqalar ishtirok etdi.

Ramziy tasma kesilib Markaz rasman ochilganidan so‘ng, Afg‘oniston, Ozarbayjon, Qozog‘iston Qirg‘iziston delegatsiyalari va boshqa mamlakat diplomatik korpus vakillari “Termiz xalqaro savdo markazi” faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

O‘zbekiston Bosh vaziri Termiz shahrida Afg‘oniston Bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Abdul G‘ani Barodar hamda Ozarbayjon Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Shaxin Mustafayev bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring