Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda ishbilarmon ayollar ishtirokida yirik forum boshlandi

Toshkentda ishbilarmon ayollar ishtirokida yirik forum boshlandi

Foto: Dunyo AA

Bugun Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida (JIDU) O‘zbekiston-Polsha ishbilarmon ayollari biznes-forumi o‘z ishini boshladi

Onlayn va oflayn formatda o‘tkazilayotgan forumda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, O‘zbekiston hukumati, vazirlik, idora va tashkilotlar mas’ul xodimlari, xalqaro tashkilotlar, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi xodimlari, olimlar, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosarlari, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimlari va boshqalar ishtirok etmoqda.

Polsha delegatsiyasiga Polsha Madaniyat va milliy meros vazirligi davlat kotibi Bojena Jelazovska, Polsha Ayollar ligasi assotsiatsiyasi raisi Aldona Mixalyak va Polsha Ayollar ligasi assotsiatsiyasi raisining o‘rinbosari Silviya Rujitska boshchilik qilmoqda.

Forumni O‘zbekiston Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Ozoda Parpiboyeva kirish so‘zi bilan ochdi.

Eslatib o‘tamiz, tadbir O‘zbekiston va Polsha o‘rtasida davom etayotgan hamkorlik haftaligi doirasida bo‘lib o‘tmoqda. Shuningdek, haftalik doirasida Xorazm viloyatida O‘zbekiston-Polsha qo‘shma biznes-forumi, Toshkent va Urganchda mashhur polshalik xonanda Anna Germanning O‘zbekistonda yaratilgan qo‘shiqlaridan iborat "Muhabbat sadosi" konsert dasturi, O‘zbekiston va Polsha tarixchilar komissiyasining yig‘ilishi, shuningdek, qator uchrashuv va muzokaralar o‘tkaziladi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring