Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun O‘zbekiston bo‘ylab yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Bugun O‘zbekiston bo‘ylab yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Foto: Xabar.uz

O‘zgidromet ma’lumotiga ko‘ra, bugun O‘zbekistonda havo o‘zgaruvchan bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat 21–26 daraja bo‘ladi.

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol g‘arbiy shamolga o‘tib, 3–8 m/s tezlikda esadi, ayrim paytlarda 10–12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 22–24 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Baland tog‘larda yog‘ingarchilik qorga aylanishi ehtimoli bor. Sel va toshqin hodisalari yuz berishi mumkin. Sharqiy shamol 9–14 m/s tezlikda esadi. Harorat 13–18 daraja bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring