Farg‘onada sifatsiz armatura va o‘yinchoqlar yo‘q qilindi
Farg‘onada sifatsiz armatura mahsulotlari realizatsiyasi to‘xtatildi va utilizatsiya qilindi.
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi nazorat inspeksiyasi tomonidan o‘tkazilgan davlat nazorati tadbirlari davomida standart talablariga javob bermaydigan armatura mahsulotlari aniqlandi.
Aniqlangan qonunbuzarliklar yuzasidan mazkur armatura mahsulotlarini realizatsiya qilish to‘xtatildi hamda belgilangan tartibda utilizatsiya qilindi.
Shuningdek, viloyatda sifatsiz o‘yinchoqlar realizatsiyasi to‘xtatildi va utilizatsiya qilindi.
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi nazorat inspeksiyasi tomonidan o‘tkazilgan davlat nazorati tadbirlari davomida Xitoy Xalq Respublikasida ishlab chiqarilgan, standart talablariga javob bermaydigan o‘yinchoq mahsulotlari aniqlandi.
Nazorat tadbirlari yakunlariga ko‘ra, mazkur o‘yinchoq mahsulotlarining realizatsiyasi to‘xtatildi hamda belgilangan tartibda utilizatsiya qilindi.
Sifatsiz mahsulotlar ro‘yxati bilan ushbu manzil orqali tanishishingiz mumkin.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter