Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tavallud kuningiz muborak bo‘lsin, janob Prezident!

Tavallud kuningiz muborak bo‘lsin, janob Prezident!

Hurmatli Shavkat Miromonovich!

MJ Developers kompaniyasi tug‘ilgan kuningiz bilan samimiy muborakbod etgan holda, sizga uzoq-umr, sihat-salomatlik, oilaviy baxtu-saodat tilaydi!

Bugun, qayd etish joizki, davlat rahbarining sa’y-harakatlari, olib borayotgan odilona siyosati, islohotlari, cheksiz mehnatlari zamirida, avvalo, inson manfaatlari, xalq farovonligi, mamlakatni yanada yuksaltirishga qaratilgan ezgu amallar mujassam.

Bugun Sizning tashabbus va g‘oyalaringizni xalqaro hamjamiyat ham e’tirof etmoqda, tan olmoqda. Ko‘plab xalqaro reytinglarda O‘zbekistonning natijalari ijobiy qayd etilmoqda.

Olib borayotgan ulkan islohotlaringizni yanada samarali davom ettirish, davlat rahbari sifatida o‘zbek xalqining farovonligi va tinchligini ta’minlash hamda barcha ezgu niyatlaringizni amalga oshirishda aziz boshingiz omon bo‘lsin! Xalqaro aloqalarni mustahkamlashdagi sa’y-harakatlaringiz va tashabbuskorligingiz uchun sizdan minnatdormiz.

Yana bir bor tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin!

MJ Developers kompaniyasi

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring