Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Marokashdagi eng katta magistral yo‘lga Tramp nomi berildi

Marokashdagi eng katta magistral yo‘lga Tramp nomi berildi

Foto: Focus Mail

Marokash qiroli Muhammad VI mamlakatning asosiy avtomagistraliga AQSh prezidenti Donald Tramp nomi berilganini aytdi. U bu yangilikni Trampga o‘zi yuborgan maktubida e’lon qildi.

Morocco World News nashrining xabar berishicha, 1055 kilometrlik Tiznit-Daxla avtomagistrali butun Afrikadagi eng uzun yo‘l loyihasidir. Nashr qirolning qarorini Marokash va AQSh o‘rtasidagi «do‘stlik va tinchlikning dalili» deb ta’riflagan, bu ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi. 

Prezident Trampga yo‘llagan maktubida qirol Muhammad VI Marokash va AQSh o‘rtasidagi munosabatlar har doim «yaqin do‘stlik va sodiqlik» ga asoslanganligini ta’kidladi. Biroq, monarx Donald Trampning ikki prezidentlik muddati davomida bu munosabatlar «yuksak cho‘qqilarga» erishganini ta’kidladi. Qirol shuningdek, 2020-yilda AQSh Marokashning G‘arbiy Sahroi Kabir ustidan suverenitetini tan olganini eslab, bu qarorni «marokashliklar xotirasida abadiy qoladigan»«tarixiy qadam» deb atadi. 

Qurilishi taxminan o‘n yil davom etgan (2015–2025) avtomagistral Atlantika qirg‘og‘i bo‘ylab o‘tadi. Bu G‘arbiy Afrika va Sahelga olib boradigan asosiy savdo yo‘liga aylanishi va qirol ta’kidlaganidek, «Marokashni Yevropa va Afrikaning qolgan qismi o‘rtasidagi ko‘prikka aylantirishi» mo‘ljallangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring