Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Metroning «Yer usti halqa yo‘li»da harakat vaqtlari o‘zgaradi

Metroning «Yer usti halqa yo‘li»da harakat vaqtlari o‘zgaradi

Foto: Xabar.uz

16-dekabr sanasidan Toshkent metropolitenining «Yer usti halqa yo‘li» yo‘nalishida poyezdlar harakati soat 05:00 dan 23:00 gacha amalga oshiriladi.

Bunga metro temir yo‘llarida bajarilishi lozim bo‘lgan texnik ishlar hamda o‘rnatilgan qurilmalarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish sabab sifatida keltirilgan. 

Texnik ishlar yakuni bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar metropolitenning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari orqali berilishi ma’lum qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring