Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Narx manipulyasiyasiga yo‘l qo‘ygan yirik korxonaga chora ko‘rildi

Narx manipulyasiyasiga yo‘l qo‘ygan yirik korxonaga chora ko‘rildi

Buxoroda asosiy faoliyatini to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishga qaratilgan yirik kompaniya - «Qorako‘l Kumush Kalava» mas’uliyati cheklangan jamiyat narx manipulatsiyasiga yo‘l qo‘ydi.

Raqobat qo‘mitasining Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi axborot xizmati rahbarining «Xabar.uz»ga bildirishicha, manipulyasiya holatlari orqali mahsulot narxlarini oshishiga sabab bo‘lgan korxonaga qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish bo‘yicha majburiy ko‘rsatma berilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, viloyatning Qorako‘l tumanida joylashgan ushbu yirik kompaniya birja savdolari orqali texnik chigit mahsulotini realizatsiya qilishda, shu jumladan, birja savdolarida mahsulotlarni savdoga qo‘yish jadvallariga nisbatan nomuvofiq qo‘yish kabi manipulyasiya holatlarini yuzaga keltirgan. Raqobat qo‘mitasining Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan kompaniya faoliyati o‘rganilganda, mahsulot narxlarini oshishiga olib kelgan harakatlar aniqlangan. Buning natijasida birja savdolarida mahsulot narxlari o‘rtacha 12 foizgacha oshishiga sabab bo‘lgan.

Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, mazkur kompaniya 2012 yilda tashkil etilgan. Qorako‘l tumanida ip-kalavani qayta ishlab, undan yarim tayyor holida mato ishlab chiqarib, xorijga eksport qilishga ixtisoslashgan.

«Yuqoridagilarga muvofiq, hududiy boshqarmaning Maxsus komissiyasi «Raqobat to‘g‘risida»gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 170-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Nizomi talablarining buzilishi alomatlari bilan «Iorakщl Kumush Kalava» MChJga nisbatan ish qo‘zg‘atildi. Natijasi yuzasidan asossiz olingan mablag‘larni qaytarish hamda qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berildi»,-dedi axborot xizmati rahbari.

 

 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring