Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezidentning yangi qarori qabul qilindi

Prezidentning yangi qarori qabul qilindi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Elektrotexnika sanoatini rivojlantirish yangi bosqichga olib chiqiladi. «Elektrotexnika sanoatini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ–325-son, 12.09.2026-y.) qabul qilindi.
 
Qarorga ko‘ra, 2026-yil 1-oktyabrdan boshlab elektrotexnika sanoati korxonalari uchun:
 
- aylanma mablag‘lar bilan ta’minlashga tijorat banklari orqali quyidagi shartlarda kreditlar ajratiladi:
 
- «Savdoni rivojlantirish kompaniyasi» aksiyadorlik jamiyati (Kompaniya) mablag‘lari hisobidan 2 yil muddatgacha 3 oylik imtiyozli davr bilan yillik 6 foiz (shundan 2 foiz bank marjasi) stavkada bitta tadbirkor uchun ko‘pi bilan 5 mln AQSh dollari miqdorida;
 
- kreditning 50 foiziga, biroq 20 mliard so‘m ekvivalentidan oshmagan miqdorda «Biznesni kafolatlash milliy kompaniyasi» AJ hisobidan kafillik, qolgan qismiga – korxona tomonidan likvidli mol-mulk, sug‘urta polisi, eksport shartnomasi (kelgusidagi pul tushumlariga talab huquqi asosida) va/yoki boshqa turdagi ta’minot taqdim etiladi;
 
- birja savdolari orqali mis xomashyosini xarid qilishda hisob-kitob qilishning quyidagi tartibi joriy qilinadi:
 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-oktyabrdagi PQ–304-son qarorining 6-bandiga muvofiq ajratilgan mablag‘larning o‘zlashtirilmagan qismi hisobidan Kompaniya tomonidan «O‘zsanoateksport» AJga to‘g‘ridan-to‘g‘ri 40 mln AQSh dollari miqdorida mablag‘ ajratiladi;
 
- birja savdolarida mis xomashyosini xarid qilishda 25 foiz to‘lov korxona tomonidan, qolgan 75 foiz to‘lov «O‘zsanoateksport» AJ tomonidan 3 kun ichida amalga oshiriladi. Bunda bitta tadbirkorlik subyektining «O‘zsanoateksport» AJ oldidagi qarzdorligi 3 mln AQSh dollaridan ortiq bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi;
 
- korxonalar tomonidan «O‘zsanoateksport» AJ oldidagi majburiyatini ta’minlash uchun sug‘urta polisi taqdim etiladi;
 
- «O‘zsanoateksport» AJ tomonidan amalga oshirilgan 75 foiz miqdoridagi to‘lov korxonalar tomonidan 90 kun ichida qaytariladi. Bunda kechiktirib to‘lash imkoniyati berilgan har bir kun uchun yillik 6 foiz stavkada foiz hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring