Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Qochoq otalar»ning biri maktabdan, boshqasi esa bozordan topildi

«Qochoq otalar»ning biri maktabdan, boshqasi esa bozordan topildi

Foto: Xabar.uz

Majburiy ijro byurosi Buxoro viloyati boshqarmasining «Xabar.uz»ga bildirishicha, buxorolik ikki nafar aliment qarzdorligi bor qochoq otalar Toshkentning turli manzillaridan topilgan.

Byuroning Shofirkon tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan, fuqarolik ishlari bo‘yicha G‘ijduvon tumanlararo sudining 2022 yildagi ijro hujjatiga asosan, qarzdor S.O.dan undiruvchi S.D. foydasiga ikki nafar farzandi ta’minoti uchun aliment to‘lovlarini oyma-oy to‘lashdan qochib,  yashash uyidan chiqib ketgan.

Qarzdor otaga nisbatan boshqarma sho‘’basi tomonidan qidiruv e’lon qilingan. Qochoq ota Toshkent shahri Shayxontoxur tumanidagi 59-maktabdan topilgan. U shu maktabning qurilish ishlarida ishlab kelayotgan bo‘lgan. Qarzdor qochoq ota S.O.ga nisbatan tegishli chora ko‘rish uchun to‘plangan hujjatlar davlat ijrochisiga topshirilgan.  O‘rganuvga ko‘ra, qochoq otaning joriy yil hisobida 7,1 mln. so‘mni qarzdorligi mavjud bo‘lgan.

Xuddi shunday holat Qorako‘l tumanilik qarzdor ota X.T. tomonidan ham sodir etilgan. Farzandiga aliment to‘lovi to‘lashdan qochib yurgan bu ota Toshkent shahrining Bek baraka bozoridan topilgan. Va bu qarzdorning aliment to‘lovlaridan qarzi 11,7 mln. so‘mni tashkil etib turgani aniqlangan. Ayni paytda unga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.

«Keyingi paytlarda kichik oilaviy kelishmovchiliklar sabab yoxud ayrim erkaklarning turmush yukini tortish uchun harakat qilishdan chekinishi oqibatida ajrashib ketayotgan yosh oilalar ko‘paymoqda. Ko‘pchilik otalarning aliment qarzdorligini to‘lashdan qochib, turli xorij davlatlariga yoxud yashash manzilidan uzoq viloyatlarga chiqib ketayotgani uyatli holat. Qarzdor otalar qayerga qochishmasin, baribir, topiladi. Aliment to‘lovidan bosh tortib, ma’lum muddatga qamoq jazosini o‘tab chiqsa ham u – qarzdorligini bartaraf etishga majbur»,-deydi Byuroning Buxoro viloyati boshqarmasi axborot xizmati rahbari Shavkat Kenjayev.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring