Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Buxoroda aliment to‘lashdan qochgan ota buvisinikidan topildi

Buxoroda aliment to‘lashdan qochgan ota buvisinikidan topildi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha G‘ijduvon tumanlararo sudi 11 yildan buyon aliment to‘lashdan qochib yurgan otaning ishini ko‘rib chiqdi.

Sud qarzdor fuqaro J.A. dan undiruvchi G.R. foydasiga ikki nafar farzandi ta’minoti uchun qarzdorning ish haqi va boshqa daromadlarining 1/3 qismi miqdorida aliment undirish to‘g‘risida hujjatlarini o‘rganib, o‘z qarorini e’lon qilgan.

Ijro hujjatlariga ko‘ra, aliment to‘lovlari oyma-oy to‘lov qilinishi belgilangan. Ammo qarzdor yashash uyidan chiqib ketib, to‘lovlarni vaqtida to‘lamagan. Va unga nisbatan qidiruv e’lon qilingan. Shunga qaramay, J.A. 11 yil davomida farzandlari ahvolidan xabar olmay, aliment to‘lovlarini amalga oshirmay, Rossiya Federatsiyasida ishlab yuravergan.

Bildirilishicha, qarzdor Rossiyadan qaytgan, biroq farzandlariga aliment to‘lamaslik uchun buvisining yashash xonadonida yashirinib yurgan.

Boshqarmaning qidiruv sho‘’basi tomonidan olib borilgan tadbirda qarzdor topilgan va unga nisbatan tegishli chora ko‘rilishi uchun to‘plangan hujjatlar davlat ijrochisiga topshirilgan.

Aliment to‘lovlaridan bo‘lgan qarz qayta hisob-kitob qilingan va bu joriy yilning iyun oyi holatiga 130,6 million so‘mni tashkil qilgan.

Qarzdorga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, unga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanilgan.

«Qochoq va yashirinib yurgan otaning 15 sutka «olgani» uning qarzdorligini amalga oshirmaydi, yoxud bu qarzdorlik kamayadi, degani emas. J.A. bolalarining haqini to‘liq to‘lashga majbur», - deydi Majburiy ijro byurosi vakili.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring