Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markaziga nisbatan ish qo‘zg‘atildi

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markaziga nisbatan ish qo‘zg‘atildi

Raqobat qo‘mitasi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markaziga nisbatan ish qo‘zg‘atdi. 

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan boshlang‘ich qiymati 1,4 mlrd. so‘mdan ortiq bo‘lgan qadriyatim,uz, tanlov,manaviyat,uz sayti va mobil ilovasini hamda markazning rasmiy veb-portalini yaratish xizmati bo‘yicha tanlov savdolari yuzasidan tanqidiy murojaatlar qoldirilgan.

Ushbu holatga tezkorlik bilan aniqlik kiritish maqsadida, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan tanlov savdolari bo‘yicha o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

O‘rganish natijalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining «Raqobat to‘g‘risida»gi Qonunining 29-moddasi talablariga rioya qilinmaganligi alomatlari yuzasidan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markaziga nisbatan ish qo‘zg‘atildi va belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.

Natijasi haqida qo‘shimcha axborot taqdim etilishi ma’lum qilingan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring