Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Raqobat qo‘mitasi «O‘zbekneftgaz»ga nisbatan ish qo‘zg‘atdi

Raqobat qo‘mitasi «O‘zbekneftgaz»ga nisbatan ish qo‘zg‘atdi

Raqobat qo‘mitasining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan olib borilgan o‘rganishlarda «O‘zbekneftgaz» AJning Toshkent shahrida o‘tkazayotgan davlat xaridlarida ayrim qonun hujjatlari talablari buzilgani ayniqlangan.

O‘rganishlar natijasida, jumladan, kompaniya tomonidan maxsus axborot portali orqali o‘tkazilgan 2 ta jami 4,8 mlrd so‘mga yaqin eng yaxshi takliflarni tanlash savdolarida «Raqobat to‘g‘risida»gi qonunning 29-moddasi talablari buzilgan deb topilgan.

«Yuqoridagilarga ko‘ra, «Raqobat to‘g‘risida»gi qonun va Vazirlar Mahkamasining 225-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari buzilishi alomatlari bilan «O‘zbekneftgaz» AJga nisbatan ish qo‘zg‘atildi», – deyiladi Qo‘mita xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring