Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shimoliy Orol dengizida suv hajmi oshdi

Shimoliy Orol dengizida suv hajmi oshdi

Foto: Foto: Telegram/QR_Su_resurstari_ministrligi

Qozog‘iston suv resurslari va irrigatsiya vazirligi bugun, 24-iyun kuni Shimoliy Orol dengizi suv sathi haqida ma’lumot berdi.

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistonni o‘z ichiga olgan Davlatlararo suv xo‘jaligini muvofiqlashtiruvchi komissiyaning (2024-yil 11-12-aprel kunlari Chimkentda o‘tkazilgan — tahr.) 86-yig‘ilishida tomonlar sug‘orish mavsumida Shimoliy Orol dengiziga 997 million kub metr suv oqib kelishiga, oqim soniyasiga 30 kub metrdan kam bo‘lmasligiga kelishib olgan. Bir yil avval oqim soniyasiga 6 kub metrni tashkil etgandi.

Yil boshidan buyon Shimoliy Orol dengiziga 1,1 mlrd kub metr suv keldi. Shu tariqa bugungi kunda Shimoliy Orolda suv hajmi 21,4 mlrd kub metrni tashkil etmoqda»,deyiladi vazirlik xabarida.

Aytilishicha, Shimoliy orolni Janubiy Oroldan ajratib turuvchi Ko‘korol to‘g‘onining foydalanishga topshirilishi (2005-yil — tahr.) Shimoliy Orolda suv sathining ko‘tarilishiga xizmat qilgan.

«To‘g‘on foydalanishga topshirilganidan buyon bugungi kungacha Sirdaryodan Shimoliy Orolga 46,6 mlrd kub metr suv keldi. So‘nggi yetti yilda esa dengizga 13,3 mlrd kub metr suv quyildi. Oxirgi yillarda Shimoliy Orolda suv hajmi kamayib bordi, biroq 2024-yildan u yana ko‘payishni boshladi va hozir 21,4 mlrd kub metrga yetdi», — dedi Qozog‘iston suv resurslari va irrigatsiya vazirligi rasmiy vakili Moldir Abdualiyeva.

Ta’kidlanishicha, Sirdaryo oqimining 75 foizi — Qirg‘iziston, 20 foizi — O‘zbekiston, 5 foizi — Qozog‘istonda shakllanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring