Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Neksiya-2» kanalga quladi. To‘rt kishining jasadi topildi, bir kishi qidirilmoqda

«Neksiya-2» kanalga quladi. To‘rt kishining jasadi topildi, bir kishi qidirilmoqda

Фото: Xabar.uz

Sirdaryo viloyati Shirin shahrida fojiali hodisa sodir bo‘ldi.

Viloyat IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 2024 yil 17 iyun kuni soat 13: 00 larda, «Neksiya-2»  mashinasi Shirin shahar M.Ulug‘bek mahallasini Nurobod mahallasi bilan bog‘lab turuvchi Janubiy Mirzacho‘l kanali ustidagi ko‘prikdan o‘tayotib boshqaruvni yo‘qotgan.

Oqibatda mashina kanalga tushib ketgan va uning haydovchisi hamda 4 nafar yo‘lovchi hodisa joyida cho‘kib ketgan.

Sirdaryo viloyati FVB favqulodda qutqaruv guruhi g‘avvoslari tomonidan olib borilgan tezkor qutqaruv ishlari davomida haydovchi va 3 nafar yo‘lovchining jasadlari hamda «Neksiya-2» topilib, suvdan olib chiqilgan.

Hozirda qutqaruv guruhi g‘avvoslar tomonidan mashinada bo‘lgan yana bir yo‘lovchini qidirib topish choralari ko‘rilmoqda.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring