Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda 2 tonnadan ortiq giyohvand moddalar yoqib yuborildi

Toshkentda 2 tonnadan ortiq giyohvand moddalar yoqib yuborildi

Bugun Toshkent shahri  Yangihayot tumanida «26 iyun – Xalqaro giyohvandlik vositalarini suiiste’moli va noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish» kuni munosabati bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan noqonuniy muomaladan musodara qilingan giyohvandlik vositalarini yo‘q qilish bo‘yicha tadbir tashkil qilindi.

Tadbir avvalida mavzu yuzasidan brifing tashkil qilinib, unda respublikada ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha jurnalistlarga batafsil ma’lumotlar berildi.

BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi mintaqaviy vakolatxonasi rahbari Ashita Mittal xonim giyohvandlikka qarshi kurash yo‘nalishida O‘zbekistoning huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholadi.

Shundan so‘ng tadbir boshlanib, keng jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida jami 2 tonna 158,4 kgdan ziyod giyohvandlik vositalari yoqish yo‘li bilan yo‘q qilindi.

Unda maxsus pechda:

  • 37 kg 567,58 gr geroin;
  • 184 kg 697,11 gr opiy;
  • 413 kg 834,34 gr gashish;
  • 28,58 gr ko‘knor boshog‘i;
  • 95 kg 924,44 gr ko‘knor somoni;
  • 11 kg 262,76 gr ko‘knor o‘simligi ko‘saklari,
  • 424 kg 708,92 gr marixuana o‘simligi;
  • 961 kg 386,86 gr kannabis o‘simligi;
  • 18,73 gr kannabis moyi;
  • 347,85 gr tetragidrokannabinol;
  • 6,48 gr kokain hamda turli xildagi psixtrop va psixofaol moddalar, sintetik giyohvandlik vositalari yoqib yuborildi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring